Jurnal haqida
World of Science (Ilm-fan olami · Мир науки) — xalqaro ilmiy-texnikaviy va amaliy elektron jurnal. Nashrning maqsadi ilmiy tadqiqot natijalarini ommalashtirish, fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy muloqotini qo‘llab-quvvatlashdir.
Yo‘nalishlar
Beshta ilmiy yo‘nalishdagi original maqolalar, tahliliy tadqiqotlar va ilmiy sharhlar.
Tillar
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Davriylik
Rejalashtirilgan: yiliga 6 son (2 oyda bir marta).
Taqrizlash
Har bir nashr qarori oldidan mustaqil ikki tomonlama anonim taqriz.
Maqsad va yo‘nalishlar
Jurnal ilgari nashr etilmagan, fan va amaliyot uchun dolzarb original ishlarni ko‘rib chiqadi. Ilmiy yo‘nalishlar tahrir hay’ati tomonidan belgilangan:
- 02.00.00 — Kimyo fanlari: kimyo va neft-gaz texnologiyalari;
- 05.00.00 — Texnika fanlari: muhandislik, konchilik, materiallar, energetika, transport va qurilish;
- 08.00.00 — Iqtisodiyot fanlari: iqtisodiy nazariya, moliya, boshqaruv va hududiy rivojlanish;
- 13.00.00 — Pedagogika fanlari: ta’lim nazariyasi va metodikasi, oliy ta’lim, innovatsiyalar;
- 10.00.00 — Filologiya fanlari: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik.
Materiallar turlari
- Original tadqiqot maqolasi — maqsad, metod, natija va xulosalari aniq yoritilgan ish;
- Sharh maqola — manbalarning tizimli yoki tanqidiy tahlili;
- Ilmiy-amaliy maqola — texnologiya, usul, qurilma, dastur yoki o‘quv amaliyotiga oid asoslangan yechim.
Muassis va nashriyot
«NASHR PRESS XIZMATI» mas’uliyati cheklangan jamiyati, Buxoro, O‘zbekiston. STIR: 312 659 106. Aloqa: fozilovhasann@gmail.com, +998 91 440 52 13.
World of Science — yangi jurnal. ISSN, OAV ro‘yxatdan o‘tganlik raqami va indekslanish holati rasman olingandan so‘ng shu saytda e’lon qilinadi.